Bugun (27 oktabr) ertalabdan Toşkentning Şimoliy vokzalidan Andijon tomon yölga tuşadigan poyezd öz vaqtida yölga çiqmadi. Andijonga xizmat safari bilan borayotgan poyezd yölovçilaridan biri tahririyatimizga yölda bölib ötayotgan voqea-hodisalarni birma bir uzatib turdi.
Toşkentdan ertalab 8:05 da yölga tuşişi va Andijon vokzaliga soat 13:35 da yetib borişi kerak bölgan poyezd soat 9:15 da sekin, toşbaqa yuriş qilib yölga tuşdi. Grafik böyiça 1 soatu 10 daqiqadan söng. Ungaça manba poyezdning qaçon yurişi, umuman yuriş-yurmasligi noma'lum, deb bildirib turgan edi.
Umuman, uşbu yönalişdagi poyezddan foydalanuvçi boşqa öquvçilarimizning ham bildirişiça, Andijondan Toşkentga kelişda poyezd heç qaçon vaqtida yetib kelmaydi. Toşkentdan Andijonga ketişda ham köp yuz beradi bu holat. Eng qiziği, heç qaçon heç kim buning sababini tuşuntirmaydi, keçirim söramaydi, vagondagi yölovçilarga suv bermaydi, çoy bermaydi.
1005 raqami heç qaçon murojaatga javob bermaydi, «Özbekiston temir yöllari»ning 237-99-98 işonç telefoni ham tayinli javob bermaydi. Bugun ham işonç telefoniga qönğiroq qilinganida «hamma rahbarlar majlisda, majlisdan çiqsa, javob berar» degan javobni olişgan.
09:24. «Poyezd ozgina yurib Janubiy vokzalda turib qoldi. Odamlar çiptaning pulini qaytarişni talab etişmoqda. «Pulimni ber, tuşaman» deb talab qilayotganlar bölyapti. Atay odamlar çiptaning pulini talab qilişmasin, deb yurib yubordi, endi töxtab-töxtab ketyapmiz»
10:53. «Töxtab töxtab ketyapmiz»
10:54. «Xizmat körsatiş rasvo»
10:55. «Çoy ham berilgani yöq haligaça. Oldinlari soat 8:30 dan çoy berilardi».
11:01. «Ablik degan binoning oldida töxtab turibmiz. Svetoforda muammo deyişyapti».
11:08. Hali ham turibmiz
11:09. «Svetofor deyişdi-yu, lekin qarama-qarşidan poyezd ötib ketdi. Aldaşibdi, röparadan kelayotgan poyezdni kutibmiz. Yurdik».
Özi butun temir yöl tizimida iş rasvo, deyiş yaramaydi. Çunki Toşkent — Samarqand yönalişida bunday muammolarni juda kamdan-kam eşitamiz. Balki, vodiy tomon eltuvçi yölda muammo bordir. Balki rostdan ham yöl yangiligiga «naladka» tufayli keçikişlar, uzilişlar röy berayotgandir, degan savol ham tuğildi...


















