Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq barcha hujjatlarni oshkor qilishga va'da berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq barcha hujjatlarni oshkor qilishga va'da berdi.
"General Kelli (Oq uy apparati rahbari Jon Kelli), MRB va boshqa idoralar bilan jiddiy muhokamadan keyin hozirda tirik bo‘lgan odamlarning ismlari va manzillaridan tashqari, Jon Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq BARChA hujjatlarni oshkor qildiraman", deb yozgan Tramp tvitterda.
Uning ta'kidlashicha, u buni "ko‘proq ochiq-oydinlik bo‘lishi" hamda turli fitnalarga chek qo‘yish maqsadida amalga oshirmoqda.
26 oktabrda Kennedining 1963 yilda o‘ldirilishi bilan bog‘liq 3 mingga yaqin hujjat oshkor qilingan. 2891 hujjatdan iborat ma'lumotlar bazasi milliy arxivlar saytida joylashtirilgan.
Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallasda otib o‘ldirilgan. Tergovning rasmiy versiyasiga ko‘ra, qotillikni sobiq dengiz askari Li Xarvi Osvald sodir etgan. Osvaldning o‘zi ikki kun o‘tib politsiya bo‘limida Jyek Rubi ismli shaxs tomondan otib tashlangan.