Dunyoning eng yirik Wal-Mart savdo tarmoği robotlar partiyasini işga yollaydi. Avtonom qurilmalar dökon rastalaridagi tovarlarni skanerlaydi, ularning bor yoki yöqligi, ularning etiketkalaridagi xatolarni aniqlaydi. Kompaniyada ta'kidlanişiça, robotlaşgan xodimlar odamlarga nisbatan 50 foiz samaraliroq işlab, skanerlaş jarayonini uç karra tez amalga oşirar ekan. 

Tovarlarni skanerlovçi robotlar Amerika savdo belgisining Arkanzas, Pensilvaniya va Kaliforniyadagi  bir neça dökonlarida sinovdan ötkazilmoqda. Robotlaştirilgan qurilmalar vaqt ötgan sari butun Amerika böylab 50 savdo nuqtalarida paydo böladi.

Avtomatlaştirilgan xodimlar tovarlarning rastalarda bor yoki yöqligi, etiketkalar tekşiruvi bilan bir qatorda qaysi tovarlar yetişmayotganini aniqlaydi. 

Wal-Mart bu vazifalarni bajariş uçun Bossa Nova Robotics robotlarini işga yolladi. 61 sm'li harakatlanuvçi bu qurilmalar ştrix-kodlarni skanerlovçi va rastalardagi predmetlarni taniy oluvçi kameralar bilan jihozlangan. Robot xato aniqlasa yoki tovarlarning tugayotganini körsa, dökon xodimlarini bundan xabardor qiladi. 

Robot mustaqil ravişda harakatlanadi va 3D-kamera yordamida möljal oladi. Uning yölida tösiq paydo bölsa, qurilma texniklar bilan boğlanadi.