Rossiyada 2018 yilda ötkaziladigan jahon çempionatining mukofot jamğarmasi 400 mln dollarni taşkil qiladi, deb xabar bermoqda FIFA matbuot xizmati.

Turnirning mukofot jamğarmasi Kalkuttada ötkazilgan FIFA kengaşida tasdiqlandi.

Braziliyadia ötkazilgan JÇ-2014 mukofot jamğarmasi 358 mln dollarga teng edi. Musobaqada ğolib çiqqan Germaniya 35 mln dollar, finalçi Argentina 25 mln dollar, bronza medali egasi Niderlandiya 22 mln dollar mukofot olgan edi.

Eslatib ötamiz, JÇ-2018 öyinlari 14 iyun - 15 iyul kunlari Rossiyaning 11ta şahri: Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov-na-Donu, Soçi va Yekaterinburgda ötkaziladi.