00:11 / 29.10.2017
14405

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi 100 yoshli muxlisasiga "o‘zini" sovg‘a qildi

Foto: Twitter

Ayni vaqtda dunyoning birinchi raqamli erkak tennischisi Rafael Nadal 100 yoshlik muxlisasi Felise Munosga dastxati tushirilgan o‘z suratini jo‘natdi. Keksa ayolning aytishicha, u Nadalning barcha jihatlarini yoqtiradi.

"Menga nafaqat Rafaelning o‘yini, balki kortda o‘zini tutishi ham yoqadi. U har doim bosiq, vazmin, mag‘lubiyatni munosib qabul qilishni biladi. Menga Federer ham yoqadi, biroq Jokovich uncha emas. U har doim ham his-tuyg‘ularini jilovlay olmaydi, ko‘p hollarda raketkasini sindiradi. Rafael esa hech qachon bunday qilmaydi", deb aytgan keksa ayol.

Avvalroq Nadalning murabbiyi shveysariyalik tennischi Rojyer Federerni tennis tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb atagandi.

Joriy oyda Federer Nadalni Shanxaydagi "Masters" seriyasi final turnirida mag‘lub etib, faoliyatidagi 94-unvonni qo‘lga kirita oldi. Shundan keyin Federer va Nadal o‘rtasidagi yuzma-yuz uchrashuvlar hisobi ispaniyalik tennischi foydasiga 23-15 ko‘rinishiga keldi.

Mavzuga oid
Top