Boltiq dengizida bir özi qayiqda suzib, falokatga uçragan rossiyalik Şvetsiya sohillarida qutqarib olindi. Qutqaruvçilar uni kiçik orolçada payqab qolişgan. U e'tiborni jalb qiliş maqsadida orolçada moxlardan inglizça "Help" (Yordam) sözini tuzib çiqqan.
Erkakning ismi ma'lum qilinmagan. Rossiyaning Şvetsiyadagi vakolatxonasida rossiyalikning qutqarib olingani haqidagi xabarga heç qanday izoh berilmagan.
Erkak şifoxonaga olib borilgan, uning hayotiga nimadir xavf solayotgani haqida ma'lumot berilmagan.
SVT’ning xabar qilişiça, 23 oktabrda rossiyalik Stokgolmdan qayiqda Ispaniya tomon jönagan. Ikki kundan keyin u yaqinlari bilan aloqaga çiqmay qöygan. Şundan keyin sayyohning yaqinlari Şvetsiyaning tegişli idoralariga murojaat qilişgaç, qidiruv işlari boşlangan.
27 oktabr ertalab qutqaruvçilar dengizda sayyohga tegişli buyumlarni aniqlaşgan. Bu esa sayyohning qayiği falokatga uçragani, uni "tirik holda topiş imkoniyati kiçikligini" anglatgan. Biroq bir neça soatdan keyin erkak orolçada topilgan.
Qayiqning falokatga uçraşiga nima sabab bölgani ma'lum qilinmagan.

















