Nursultan Nazarbayev yozuvi aviaçiptalarda paydo böladi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz Fuqaro aviatsiyasi qömitasiga asosan.
Idoradan xabar berişlariça, International Air Transport Assocoation rasmiy saytida Ostona şahri aeroportining yangi nomi - Nursultan Nazarbayev körsatilgan. Aeroportning yangi nomi 2017 yilning 1 noyabridan boşlab International Air Transport Assocoation rasmiy axborotnomasida e'lon qilinadi. Şundan söng, aviaçiptalarni bronlaş global tizimlari provayderlari (Amadeus, SITA) uşbu ma'lumot ham sotuv tarmoqlarida, ham çiptalarda körsatilişi uçun tegişli özgarişlarni amalga oşirişlari kerak.
"Şunday qilib, aeroportning yangi nomi - Nursultan Nazarbayev Ostonaga va u yerdan amalga oşiriladigan yönalişlardagi aviaçiptalarda böladi. Şuningdek, uçta harfdan iborat TSE kodini özgartiriş masalasi körib çiqilmoqda", - deya xabar beriladi Fuqaro aviatsiyasi qömitasining Facebook’dagi sahifasida.
Eslatib ötamiz, 2017 yilning 20 iyun kuni Ostona xalqaro aeroporti nomi Qozoğiston hukumati qarori bilan “Nursulton Nazarboyev Xalqaro aeroporti” deb özgartirildi.

















