Jamiyat | 10:04 / 30.10.2017
4213
1 daqiqa o‘qiladi

Novvoyxonadan 2,5 mln. so‘mdan ortiq pulni o‘marib ketgan shaxs ushlandi

2017 yilning 12 sentabr kuni taxminan soat 23:00larda A.X. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan novvoyxonada, fuqaro S.A.ning chalg‘iganligidan foydalanib, unga tegishli bo‘lgan 2.697.000 so‘m miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid