Telegram messenjeri oktabr oyida terrorizm bilan boğliq 8,5 mingdan ortiq kanallarni bloklagan. Bu haqda rossiyalik dasturçi Pavel Durov özining şaxsiy Telegram kanalida e'lon qilgan.
«Faqatgina oktabr oyining özida biz terrorizm bilan boğliq bölgan 8,5 mingdan ortiq kanallarni blokladik», — degan Durov va Telegram messenjerida «zöravonlikni har qanday şaklda tarğib qiliş taqiqlangan»ligini ta'kidlagan
Telegram messenjeri yaratuvçisi Pavel Durov ommaviy kanallarni moderatsiya qilişda qaysi prinsiplarga amal qilinişi haqida ham aytib ötgan. «Mahalliy hokimiyatlarni tanqid ostiga oliş, mavjud vaziyatga qarşi kuraşiş, siyosiy debatlar — yaxşi narsa. Biroq zöravonlikni tarğib qiliş, begunoh odamlarga talafot yetkazişi mumkin bölgan xatti-harakatlarga çorlaş — yaramaydi», deya tuşuntirgan Durov.
Nimalar taqiqlanganini tuşuntiriş uçun Durov öz obunaçilari örtasida tanlov ötkazgan Eron kanalini misol tariqasida keltirgan — foydalanuvçilar derazalarga toş otib, buni videoga olişlari lozim bölgan. Keyin esa masjidlarga Molotov kokteyli uloqtiriş topşiriği berilgan. Kanalning 100 mingdan ziyod öquvçisi bölgan, biroq u bloklangan.
Durovning alohida qayd etişiça, Telegram söz erkinligi huquqini himoya qiladi.
«Telegram heç qaçon amaldorlar tomonidan senzura joriy etiş borasida uyuştirilgan bosimga böysunmagan. Söz erkinligi — 11 yildan buyon avvaliga Rossiyada, endi esa butun dunyoda himoya qilib kelayotgan qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi», — degan Durov.
Durov misol uçun yana Eronni misol keltirgan. Bu mamlakatda Bi-bi-si bloklangan, biroq naşrning Telegram kanali bir neça yildan beri samarali faoliyat körsatmoqda va unga milliondan ziyod kişi obuna bölgan.
















