Bugun, 30 oktabr kuni Samarqand xalqaro aeroporti bayramona tus oldi. Turkiya Respublikasining eng yirik va qadimiy şahri Istanbulga köhna Samarqanddan töğridan-töğri aviaqatnov oçildi.

Şahar jamoatçiligi, jurnalistlar, ilk aviareys yölovçilari karnay-surnay sadolari bilan kutib olindi. Ular uçun özbekça va turkça milliy şöx raqslar va qöşiqlar ijro etildi.

Aviaqatnovning oçiliş marosida sözga çiqqan Samarqand şahri hokimi Furqat Rahimov Prezidentning yaqindagina Turkiya Respublikasiga qilgan rasmiy taşrifiga urğu berib, öşa taşrif natijasi ölaroq aviaqatnov yölga qöyilgani, uşbu aviareys Samarqand şahrida turizm va işbilarmonlikning rivojlanişiga katta turtki berişini ta'kidlab ötdi.

Sözga çiqqan «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi taşqi aloqalar boşqarmasi boşliği Nodirjon Ayubov, «Nuroniy» jamğarmasi viloyat bölimi raisi Hasan Normurodov yiğilganlarni tabriklab, öz dil izhorlarini bildirişdi.

Şundan söng martabali mehmonlar lentani qirqib, aviaqatnovni oçib berişdi. Yölovçilar aerovokzal hududiga kiritildi.

Bayramona bezatilgan Samarqand xalqaro aeroporti xodimlari Istanbulga ilk reysda yöl olgan yölovçilarni esdalik sovğalari bilan qarşi olişdi. Yölovçilardan söraganimizda yangi yönalişda aviaçiptalar har ikki tarafga taxminan 4 mln. sömga xarid qilinganini bildirib ötişdi.