Birinçi prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimiz hayotida tutgan örni juda ulkan. Ötiş davrining qiyinçiliklari, özligini topayotgan davlat mafkurasini yaratiş, tinçligini saqlaş va millatlararo totuvlikni ta'minlaş kabi muhim vazifalar bu insonning yelkasiga yuk bölib tuşgani, umrining oxiriga qadar bu işlarni şaraf bilan uddalab ötganini tan olişimiz kerak.

Ammo ota tirikligida sir saqlangan yoki köz yumib turilgan «sir»lar şitob bilan oçila boşladiki, yurtimizning aksariyat fuqarosi bu yangiliklardan hayratda qolmoqda. Keling, körgan-bilganlarimiz asosida Islom Karimovning vorislari bölgan farzandlarining bugungi hayotiga nazar taşlaymiz.

Lola Karimova

Avvalo, eng oğir kunlarda, butun xalq motamga çömgan damlarda otasini sönggi yölga kuzatgan, onasiga suyançiq bölgan Lola Karimova-Tillayevadan boşlasak. Unga har jihatdan oğir mas'uliyat tuşgandi. Çunki farzandlarning rasmiy va norasmiy yetakçisi bölgan Gulnora Karimova bu paytda katta sahnadan çetlaşgan, öğil farzand bölgan (va keyinçalik rasman e'lon qilingan) Pyotr Karimovning şu paytga qadar ham biror joyda böy körsatmagani bois bunday muhim pallada maydonga çiqişiga ham işoniş qiyin edi.

Şunday ekan, motam marosimlarida va keyinçalik ham otasini tamsil etiş va oila nomidan iş yuritiş masalasi farzandlar içidan faqat Lola Islomovnaga yuklanib qoldi. Bu jarayon keyinçalik ham davom etdi hamda Islom Karimov fondini işga tuşiriş, muzeylarini yaratiş, umuman birinçi prezident xotirasini abadiylaştiriş böyiça Lola Karimova-Tillayeva köp işlarni amalga oşirdi va oşirmoqda. Uning oxirgi yangiligi, ijtimoiy tarmoqlarda özi qoldirgan xabari köpçiligimizni hayron qoldirgani, diqqatimizni jalb qilgani ham rost. Unda Lola Islomovna AQŞni, xususan Nyu-Yorkni maqtarkan, söz erkinligini his qilganini hamda farzandlari ham şu ne'matdan bahra olib ulğayişini istaşini ta'kidlab ötgan. Albatta, söz erkinligi demokratik jamiyat qurişda, davlat taraqqiyotida muhim rol öynaydi.

Pyotr Karimov

Suratda örtada Pyotr Karimov

Islom Karimovning öğli Pyotr Karimov haqida rasman e'lon qilingani haqidagi xabar ham yaşindek çaqnadi. Albatta, Birinçi prezidentimizning öğli borligi ham ayrimlar uçun yangilik emasdi. Şunçaki, prezident hayotligida bu masala umuman kötarilmagan va yopiq mavzular qatorida edi. Bunga ikkita sababni köriş mumkin: