Agar binolarda deraza bölmaganida xonalarning içi qişda ança issiq bölardi. Qişda binolar issiqligining yigirma foizini aynan derazalar orqali yöqotadi. Yilning sovuq faslida juda sovuq xabar. Lekin siz uşbu xabarni öqib sovqotib, körpa öranişga harakat qilayotganingizda Gyoteborg universitetidagi şved olimlari oddiy deraza oynasini isitiş batareyasiga aylantirib, xonadonlarni biroz bölsa-da issiqroq qiliş ustida iş olib borişmoqda, deb yozadi Hi-news.ru.
Derazalarni quyoş istitgiçlariga aylantiriş uçun olimlar plazmonlar asosida şunday qoplama yaratişdiki, u quriganidan söng öziga xos nanoantennaga aylanadi va u quyoş nurini yaxşi yutib, özlari qoplangan sirtni qizdiradi. Albatta, ularni istalgan sirtga yelimlaş mumkin, lekin aynan deraza oynasi bunga juda mos keladi. Plazmon oynaning boşqa xossalariga ta'sir ötkazmaydi, çunonçi, yoruğlik ötişiga xalaqit bermaydi, biroq bildirmasdan kvartirani isita boşlaydi.
Ixtiroçilar özlari tomonidan yaratilgan, oddiy oynalarni quyoş isitiş batareyalariga aylantirişning arzon va samarali usuli ayniqsa zamonaviy arxitekturada oynalarga keng örin ajratilayotgan hozirgi şaroitda, albatta, barçaga qöl kelişidan umidvor.
Kelajakda olimlar uşbu texnologiyadan boşqa sohalarda ham foydalanişmoqçi. Yetakçi tadqiqotçi Aleksandr Dmitriyevning qayd etişiça, uning jamoasi işlanmaning samaradorligini yanada oşirmoqçi, jumladan, innovatsion qoplama ultrabinafşa nurlarni ham tutib qolişiga erişişni rejalaştirmoqda. Ularning fikriça, bu deraza oynalarining funksionalligi va ulardan foydalaniş doirasini kengaytiradi.

















