Toşkentda 30 oktabr kuni «Özbekiston – Qirğiziston – Xitoy» yönalişi böyiça xalqaro avtokarvon yölga çiqdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi taşqi savdo vaziri Elyor Ğaniyev, Qirğiziston Respublikasi transport va yöl vaziri Jamşidbek Kalilov, Xitoy Xalq Respublikasi Transport vazirligi xavfsizlik böyiça departamenti direktori Çen Pin va boşqalar «Toşkent – Andijon – Öş – Irkiştom – Qoşğar» avtomobil yölagining oçilişi mamlakatlarimiz örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytiriş, investitsiyalar, moliya, transport infratuzilmasini rivojlantiriş, Markaziy Osiyo böylab yuk taşiş hajmini, tranzit salohiyatini sezilarli oşirişga xizmat qilişini ta'kidladi. Bunda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 11-13 may kunlari Xitoyga davlat taşrifi hamda Qirğiziston Respublikasi Prezidentining şu yil 5-6 oktabr kunlari mamlakatimizga davlat taşrifi doirasida imzolangan hujjatlar huquqiy asos bölib xizmat qilayotgani qayd etildi.
Qadimda Buyuk ipak yöli nafaqat mamlakatlarimiz örtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni, balki Şarq va Ğarb örtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirişga imkon bergan, axborot almaşinuvini ta'minlaşda muhim vosita bölgan. Bu sivilizatsiyalararo muloqot uçun zarur şaroit yaratib bergan. «Toşkent – Andijon – Öş – Irkiştom – Qoşğar» transport yölagini uşbu yönalişni zamonaviy şaroitda yanada rivojlantiriş böyiça qöyilgan salmoqli qadam sifatida baholaş mumkin. Bu, öz navbatida, hududlar örtasida transport-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada taraqqiy ettiriş, manfaatli hamkorlik asosida özaro savdo aylanmasini oşirişda muhim örin tutadi.
Umumiy uzunligi 900 kilometrdan ziyod masofani taşkil etadigan «Toşkent – Andijon – Öş – Irkiştom – Qoşğar» yönalişining oçilişi Özbekistondan Xitoygaça bölgan yuk taşiş xarajatini sezilarli ravişda kamaytiriş va vaqtni tejaş imkonini beradi.
– «Toşkent – Andijon – Öş – Irkiştom – Qoşğar» qatnovining oçilişi mamlakatlarimiz uçun ulkan iqtisodiy imkoniyatlarni taqdim etişi bilan muhim ahamiyatga ega, – dedi Xitoy Xalq Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Sun Litsze. – Yangi avtomobil yölagi mintaqa davlatlari örtasida özaro manfaatli aloqalarni kengaytiriş, mamlakatlarimiz hududlari orqali jahon bozorlariga çiqiş, zamonaviy transport kommunikatsiyalarini özaro integratsiyalaşda muhim örin tutadi.
Buyuk ipak yölining markazida joylaşgan yurtimiz azaldan davlatlararo savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarni mustahkamlaşda faol iştirok etib kelgan. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi bu yönalişdagi işlarni sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqiş tendensiyalarini davom ettiriş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni har tomonlama qöllab-quvatlaş, mamlakatlararo barqaror yuksalişga kömaklaşişdan iborat.
















