Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yil 27 yanvar kuni Xorazm viloyatiga taşrif buyurgan çoğida temir yöl va Xiva şahrida zamonaviy vokzal barpo etiş, bu yölda elektropoyezdlar, kelgusida yuqori tezlikda harakatlanuvçi “Afrosiyob” poyezdi qatnovini yölga qöyilişini ta'kidlagan edi. Şunga binoan, “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari va quruvçilari tomonidan Urganç va Xiva şaharlari oraliğida yangi temir yöl liniyasini quriş işlari amalga oşirilmoqda. Bu haqda “Özbekiston temir yöllari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Loyihaga köra, 31,7 km yangi temir yöllar yotqiziş, Xivada milliy uslubni özida jamlagan zamonaviy temir yöl vokzalini quriş közda tutilgan. Hozirgi kunda tuproq va yer işlari deyarli yakunlandi. Maxsus mexanizatsiyalaştirilgan yöl stansiyasi jamoasi tomonidan 743 ming kub metr tuproq işlari bajarildi. Bugungi kunga kelib, jami 93 ta sun'iy inşootdan 63 tasi qurib bitkazildi. Loyihadan örin olgan bitta yöl ötkazgiçni barpo etişda aksiyadorlik jamiyatining köpriksozlari tajribasidan foydalanildi. Bunyodkorlik jarayoniga 200 nafardan ortiq işçi-muhandis, 100 ga yaqin quriliş texnikasi jalb qilingan. 

Xiva şahrida zamonaviy, milliy uslublar bilan uyğunlaşgan temir yöl vokzalini quriş işlari ham jadal sur'atlarda olib borilmoqda. “Boştransloyiha” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari bu yerga kelayotgan sayyohlarga qulaylik yaratiş maqsadida vokzal binosini köhna Xivadan unça uzoq bölmagan hududda joylaştirdi. Inşoot ikki qavatli bölib, özining körkamligi, milliyligi, yölovçilar uçun yaratilgan qulayliklari bilan e'tiborni öziga jalb etadi. 

Foto: Özbekiston temir yöllari

Loyihaga köra, vokzal bir vaqtning özida 200 nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega. Uning oldida zamonaviy, musiqali favvora örnatiladi. Bino taşqi körinişidan Xorazm me'morçiligi namunalarini özida aks ettiradi. Hozirda bu yerda quriliş-montaj işlari qizğin davom etmoqda. 

Yirik loyiha amalga oşirilgaç, poytaxt qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva bilan özaro bir yölda birlaşadi, bu esa Özbekiston aholisi, çet ellik mehmonlar uçun köplab qulayliklarni yaratadi.