31 oktabr kuni Toşkent şahrida «Özbekiston-Qozoğiston: diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi» mavzuida xalqaro anjuman bölib ötdi. «Kun.uz» muxbiri uşbu tadbirda iştirok etdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qozoğiston Respublikasi tomonidan taşkil etilgan xalqaro anjumanda vazirlik va idoralar, Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus hamda xalqaro taşkilotlar vakillari, ikki mamlakat nufuzli tahliliy markazlari rahbarlari iştirok etdi.
Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Özbekistonga 2017 yilning 16-17 sentabr kunlari amalga oşirgan davlat taşrifi davomida ikki mamlakat prezidentlarining Qöşma bayonoti qabul qilingan edi. Uşbu hujjatda davlat rahbarlari ikki mamlakat örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligini nişonlaş maqsadida tegişli idoralarga uşbu muhim sanaga bağişlangan tadbirlarni yuqori darajada ötkaziş böyiça topşiriqlar bergani alohida bandda körsatib ötilgan. Mazkur anjumanning ötkazilişini keng kölamli tadbirlar dasturining bandlaridan birining ijrosi sifatida baholanişi mumkin.
Anjumanning şö'ba yiğilişlarida siyosat, iqtisod, transport sohalarida hamkorlikning istiqbollar muhokama etilib, ikki davlat örtasida aloqalar avvalo özaro işonç va milliy manfaatlar yölida borişi ta'kidlandi.
Özbekiston va Qozoğiston örtasida imzolangan «2017-2019 yillarda Iqtisodiy hamkorlik strategiyasi» islohotlarning amaliy ifodasi böldi. Şuningdek, qardoş xalqlar MDH, ŞHT, Islom hamkorlik taşkiloti, BMT va Orolni qutqariş xalqaro fondi doirasida munosabatlarni yaxşilab bormoqda. Bundan taşqari, 2017-2018 yillar davomida faoliyat yuritişi közda tutilgan BMT XK vaqtinça a'zoligi saylovida Özbekiston Qozoğiston nomzodini ma'qullagani alohida e'tirof etildi.
Joriy yil mart oyida esa Ostona şahrida uçraşgan ikki davlat prezidentlari umumiy qiymati 1 milliard AQŞ dollariga teng maqsadli şartnomalarni imzolagan. Anjuman iştiroklari mazkur tovar ayirboşlaş körsatkiçini 2020 yilga qadar 5 milliard AQŞ dollariga oşirişni maqsad qilayotganini bildirdi.
Ikki mamlakatning tarixiy bir makon, din va madaniyat birlaştirib turadi. Ana şu omillar inobatga olinib, kelgusi 2018 yil Qozoğistonda «Özbekiston yili» etib e'lon qilinişi, 2019 yil Özbekistonda esa «Qozoğiston yili» bölişi ma'lum qilindi.
Ötgan yaqin davr içida Parlamentlararo hamkorlik guruhi har ikki qöşni mamlakatda taşkil etilgani, Oliy Majlisi Senati va Qozoğiston Parlamenti Senati örtasida imzolangan Memorandum munosabatlarning köp tomonlama davom etayotganini bildiradi. Anjuman iştirokçilari Özbek-Qozoq ekspertlar kengaşini tuziş taklifini ma'qulladi. Ayni şu ma'noda hamkorlik, 10-11 noyabr kunlari Samarqand şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanişni ta'minlaş yölidagi navbatdagi xalqaro anjumanda davom etişi ta'kidlandi.















