Özbekiston va Afğoniston qator hujjatlarni imzolaşni rejalaştirmoqda. Bu Afğoniston prezidenti Aşraf Ğanining Özbekistonga taşrifi doirasida amalga oşiriladi. 

Ma'lumki, Afğoniston davlat rahbari noyabr oyida Özbekistonga taşrifi buyurişi haqida avval xabar berilgan edi. 

Afğoniston Savdo-sanoat palatasi rasmiy vakili Sayam Pasarlayning aytişiça, mazkur taşrif çoğida Özbekiston va Afğoniston 16 ta anglaşuv memorandumini imzolaydi. 

Bu hujjatlar orasida Mozori Şarifdan Hirotga va Mozori Şarifdan Qunduzga çöziladigan temir yölini quriş böyiça memorandum ham bor. Uşbu loyiha Afğonistonning 4 mintaqasidan ötadi. 

Özbekiston esa bu loyihadan manfaatdordir, deb yozadi naşr. Afğoniston temir yöl ma'muriyati rahbarining örinbosari Abdulboriy Siddiqiyning qayd etişiça, loyihaning amalga oşirilişi Özbekistonning bevosita Eron portlariga çiqiş imkonini beradi. 

Loyiha Özbekiston, Afğoniston, Qirğiziston, Eron va Xitoy örtasidagi mahsulot ayirboşlaşni kuçaytiradi. 

Imzolanişi kutilayotgan hujjatlar, Özbekiston va Afğoniston örtasidagi tranzit va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş borasidagi muammolarni hal etişga turtki beradi.