31 oktabr oqşomida Yevropa Çempionlar ligasi guruh bosqiçida 4 guruh uçraşuvlari ötkazildi. 4-turdan keyinoq «PSJ» va «Bavariya» guruh masalasini hal qilib böldi, oxirgi yillarda turnir favoritlaridan biri bölib kelgan «Atletiko» esa turnirni tark etiş yoqasida qoldi. «Tribuna» seşanba oqşomidagi öyinlarning asosiy voqealarini eslab ötadi.
Mourinoning muxlislar bilan ziddiyati

Ötgan haftada «Tottenhem» bilan öyin (1:0) yakunlanişi hamono, Joze Mourino kameraga qarab barmoğini labiga tekkizgan holda, «jim böl» işorasini qilgandi. Köpçilik bu harakat asosan, sönggi paytlarda jamoa öyinini tanqid qilayotgan jurnalistlarga qaratilganini taxmin qilgan bölsa-da, aslida stadionga taşrif buyurgan muxlislar uçun ham murojaat bölişi mumkin ekan.
Mourinoning «Benfika»ga qarşi öyindan oldin aytilgan qöyidagi fikrlari buni isbotlagandek böldi:
«Umid qilamanki, bugun öz işimizni uddalaymiz va YeÇL pley-offiga yaqinlaşamiz. Yana şuni umid qilamanki, öyin ham köpçilikka, jumladan, «Tottenhem» bilan öyinni yoqtirmagan ba'zilarga ham yoqadi», – dedi portugaliyalik mutaxassis.
Murabbiyning bu gaplari va tabiiyki, oldingi öyindagi harakati uning Reşfordni Marsiyalga almaştiriş qarorini huştakbozlik bilan kutib olgan muxlislarga qaratilganini taxmin qiliş mumkin. Oqibatda Marsiyal «Tottenhem» darvozasiga ğalaba golini urdi, Mourino esa, «jim bölinglar, bu yerda men bossman» degandek böldi – «yopişyapti».
«Benfika»ga qarşi öyin ham «MYu»ning aktiviga yozildi – 2:0 hisobidagi işonçli ğalaba, «Old Trafford»da qatorasiga 38 mağlubiyatsiz öyin. Bu ham klub rekordi.
Luis Suares qaçon gol uradi?

Hujumçilarning golsiz seriyalari darrov köpçilikning e'tiborini tortadi va bu haqida gapira boşlaydilar. Masalan, Kriştianu Ronalduning muavaffaqiyatsiz boşlangan mavsumi haqida. Ammo «Barselona»ning ğalabali öyinlari va Messining sermahsulligi fonida Luis Suaresning muammosi unça közga taşlanmayotgandek.
Uşbu mavsumda barça musobaqalarda Suares hammasi bölib 3 gol urdi xolos. Çempionlar Ligasidagi tört öyinda u hali raqib darvozasini işğol qila olmayapti. Urugvaylik hujumçi sönggi 4 öyinda ham gol urmadi, «Olimpiakos»ga qarşi öyinda uning 7 zarbasi hisobni özgartira olmadi.




















