Bugun hayotimizni elektr energiyasi yoki tabiiy gazsiz tasavvur eta olmaymiz. Uyimizda bir kun çiroq bölmasa yoki gaz uzilib qolgudek bölsa, qançadan-qança noqulayliklarga duç kelişimiz barçamizga kundek ravşan. Şu sababli, elektr energiyasi va tabiiy gazni behuda sarflamaslik, tölovlarni öz vaqtida amalga oşiriş xususida muntazam tarzda tuşuntiriş-tarğibot işlari olib boriladi.
Maqsad esa turli qinğirliklarning oldini oliş va tabiiy boyliklarimiz behuda sarflanişiga yöl qöymaslikdir. Ammo ba'zi xonadon egalari qonunga xilof ravişda tarmoqqa ulanib, tabiiy boyliklarimizni behudaga sarflayotganlik holatlariga ham duç kelamiz. Bu işga qöl urgan kimsalar, aslida, xatti-harakati bilan jamiyatga zarar keltirayotgani, buning oqibatida kimningdir xonadonida elektr energiyasi yoki tabiiy gaz ta'minotida uzilişlar bölayotgani xususida öylab ham körişmayotgani kişini taajjubga soladi.
“Huquq” gazetasining yozişiça, Qaşqadaryo viloyati Koson tumanining “Saripul” MFYda yaşovçi Alişer Haydarov ham tölovlardan qoçiş maqsadida xonadonini yaşirin ravişda elektr liniyasiga ulab, undan istagança foydalanib keldi. Gohida uddaburonligidan ğurur otiga minib, qilmişi foş bölib qolsa, ortiqça ğalvalar girdobiga tuşib qolişini xayoliga ham keltirmadi. Biroq uning bu hiylasi tuman elektr korxonasi nazoratçisi G.Negmatovaning e'tiboridan çetda qolmadi.
Nazoratçi kelganida A.Haydarov uyida yöq edi. Vazifasi tarmoqqa noqonuniy ulangan xonadonlarni aniqlab, ularni uziş, öçiriş bölgani bois. G.Negmatova Alişerning xonadonidagi noqonuniy elektr manbaini uzib ketdi. Bu xabarni xotinidan eşitgaç, A.Haydarov jahl otiga mindi. Ozgina içib olgani bois, özini har işga qodirdek his etib, töğri G.Negmatovaning işxonasiga bordi va uni taşqariga çaqirib oldi. “Sen... nega uyimdagi elektr tokini uzib ketding”, - dedi. Alişer röparasida ayol kişi turganini ham unutib, uni oğziga kelgan qöpol sözlar bilan haqoratlay boşladi.
- Mast ekansiz, ertaga keling, gaplaşamiz, - G.Negmatova atrofdagilardan uyalib, yigitni murosaga keltirmoqçi böldi. Lekin u gapga könadigan ahvolda emasdi. Nazarida nazoratçi uyidagi simni qasddan uzib ketgandek tuyulib, közlari qonga töla boşladi. Özini idora qila olmay, oyoq kiyimini yeçib, u bilan ayolning boşiga tuşirdi. Keyin esa kutilmaganda unga taşlanib, tepkilay boşladi. Atrofdagi odamlar örtaga tuşib ularni ajratişmaganida, G.Negmatovaning ahvoli ne keçişini tasavvur etib bölmas edi.
Bölib ötgan voqeadan söng G.Negmatova şifoxonada davolanib çiqişga majbur böldi. Buni qarangki, kuçi ayol kişiga yetib, nomardlik yölini tutgan yigit jabrlanuvçining holidan xabar oliş va hatto unga yetkazilgan zararni qoplaşni ham istamadi.











