31 oktabrda Nyu-Yorkning Quyi Manxetten tumanida, Jahon savdo markazi yonida sodir etilgan teraktni Özbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov amalga oşirganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, 29 yoşli Soipov AQŞga 2010 yilda kelgan. Oxirgi vaqt u Florida ştatidagi Tampa şahrida yaşagan.
Eslatib ötamiz, gumonlanuvçi yuk maşinasida velosipedçilar uçun möljallangan yölkaga katta tezlikda çiqib, bir neça piyodalarni urib ketgan. Söngra maktab avtobusiga borib urilgan. Buning oqibatida oxirgi ma'lumotlarga köra, 8 kişi halok bölgan, 15 kişi yaralangan. Jinoyatçi politsiya tomondan yaralangan va şifoxonaga yetkazilgan.
Dastlab jinoyatçi maşinadan tuşgaç otişma boşlagani, u pnevmatik va peyntbol öyini uçun möljallangan töpponçalar bilan qurollangani ma'lum qilingandi. Biroq keyinroq politsiya boşliği Jyeyms ÖNilning ma'lum qilişiça, jinoyatçida faqatgina peyntbol töpponçasi bölgan va u yon-atrofdagi odamlarga öq uzmagan.
Ma'lum qilinişiça, hujum oqibatida Belgiyaning bir fuqarosi halok bölgan va 3 fuqarosi yaralangan. Şuningdek, Argentinaning 5 fuqarosi halok bölgan va bir fuqarosi jarohat olgan.
NBC telekanalining politsiyadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, gumonlanuvçi maşinada hujumni IŞID nomidan amalga oşirayotgani haqida xat qoldirgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp teraktda halok bölganlar oilalariga hamdardlik bildirdi hamda AQŞ öz hududiga IŞIDning kirişiga yöl qöymasligini aytgan.


















