AQŞ prezidenti Donald Tramp 8 kişining hayotiga zomin bölgan va 11 kişini jarohatlagan Nyu-Yorkdagi halokatli hujumdan keyin «xizmatlarga yaraşa immigratsiya»ga çorlamoqda. Bu haqida u özining Twitter sahifasida ma'lum qildi.

«Biz «xizmatlarga yaraşa» immigratsiya uçun kuraşamiz, bundan keyin demokratlar uçun lotereya tizimlari yöq. Biz endi aqlliroq bölişimiz kerak», - deya yozadi AQŞ prezidenti. 

«Biz bu ahmoqlikka çek qöyamiz!» deb yozadi Tramp keyinroq. 

Bundan avvalgi ma'lumotlarga köra, bugun Nyu-Yorkda yölovçilarga hujum uyuştirgan şaxs 2010 yilda AQŞga qonuniy yöl bilan kirgan Sayfullo Soipov özbekistonlik muhojir bölgan.