Şu yilning 20 sentabridan birjaning avtoraqam.uzex.uz vebsaytiga sotuv uçun avtotransport vositalarining birinçi toifali davlat raqami belgilari qöyilişi boşlangan, turli toifadagi çiroyli avtomobil davlat raqamlari auksion orqali sotilmoqda.

Şu paytgaça bir neça körinişdan avtomobil raqamlari sotilgani, jumladan auksion orqali sotilgan ayrim 777 raqamlarining AQŞ dollar ekvivalentida 10 ming dollardan ham ziyod summaga sotilgani haqida ilgari xabar bergan edik.

Ayni paytda birja savdolari saytidan sotilgan avtoraqamlar haqidagi ma'lumotlar olib taşlangan, biroq saytni kuzatib borayotganlarning ma'lum qilişiça, Samarqand viloyatiga tegişli yuridik şaxslar uçun möljallangan, savdodagi boşlanğiç bahosi 100 EKIH — 14.977.500 söm bölgan 30 777 AAA avtoraqami kimoşdi savdosida 301 million 654 ming 338 sömga sotilgan.

Avtoraqam uçun sarflangan bu pulga Özbekistonda işlab çiqarilgan «Matiz» avtomobilidan 7ta, «Spark»dan 5ta, «Laçetti» avtomobilidan 3ta xarid qiliş mumkin,

Samarqand viloyat IIB YHXB KUN.UZ’ga uşbu raqam haqiqatdan ham uşbu summaga sotilganini tasdiqladi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarga köra, xuddi şunday seriyadagi, Andijon viloyatiga tegişli 60 777 AAA raqami «Damas» avtomobiliga örnatilganini köriş mumkin.