Yevropa Çempionlar ligasi 4-tur oldidan jamoalarning imkoniyatlari haqida söz borib, hatto 11 jamoa şu turdan keyin keyingi bosqiç masalasini hal qiliş imkoniyati borligi haqida aytilgandi. Ammo yakunda faqat tört jamoa – «PSJ», «Bavariya», «Mançester Siti» va «Tottenhem» jamoalarigina keyingi öyinlarni har qanday hisobda yutqazişga haqlilar xolos.

Şunday bölsa-da, tan oliş kerak, guruh öyinlari biz kutgan kuraşlarni taqdim eta olmadi va aksariyat guruhlarda rasman bölmasa-da, deyarli, peşqadamlar yakunda kim bölişi aniq bölib ulgurgan.

A GURUHI

100% çiqqan jamoa: yöq.

Deyarli hal qilgan: «Mançester Yunayted»

Bizning taxmin: «Mançester Yunayted», TsSKA

Keyingi öyinlar: «Bazel» – «MYu», TsSKA – «Benfika», «MYu» – TsSKA, «Benfika» – «Bazel»

«Benfika»ga qarşi öyindan söng, töplangan 12 oçko ham pley-offni kafolatlamaganini eşitgan Mourino ham hayron qolgandi. Rostan ham, şunday. Lekin mançesterliklar keyingi bosqiçga çiqmasliklari uçun qolgan ikki öyinni ham yirik hisobda yutqazişlari, öz navbatida «Bazel» va TsSKA ham yuz foizlik natija körsatişlari kerak böladi.

Demak, bu ikki jamoa 2-örin uçun kuraş olib borişini taxmin qiliş mumkin. Bugungaça 6tadan oçko töplagan bu jamoalar keyingi ikki turda «Benfika» va «MYu»ga qarşi öynaydi va kim köproq oçko töplasa, öşa jamoa pley-offga çiqadi. Özaro öyinlarga köra, şveysariyaliklar ança yaxşiroq körsatkiçga ega. Ammo 3 oçko oliş imkoniyati bölgan öyin faqat TsSKA jamoasida bor. «Benfika» Moskvaga keladi va portugaliyaliklar YeÇL öyinlarida köproq ikkinçi tarkibni tuşirişni boşlab yuborgan. «Bazel» bilan esa, «Benfika» öz uyida öynaydi va 0:5 hisobidagi mağlubiyatning alamini olişga urinişi mumkin.

Armiyaçilar murabbiyi Viktor Gonçarenko «MYu»ning sönggi turdagi öyinga biroz e'tiborsiz bölişidan umid qilayotganini yaşirmadi, ammo «Old Trafford»dagi uçraşuvda katta narsa umid qiliş qiyin. Mourino jamoasi barça musobaqalarda bu stadionda hozirça yuz foizlik natija körsatmoqda.

 

B GURUHI