Çempionlar ligasi 4-tur uçraşuvlari nihoyasiga yetdi. 

Kunning markaziy öyinida H guruhi a'zolari "Tottenhem" öz uyida musobaqaning amaldagi ğolibi "Real Madrid"ni qabul qildi. Gollarga boy bölgan uçraşuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 

Öyinning 27-daqiqasida Alli hisobni oçgan bölsa, 56-daqiqada futbolçining özi dubl qayd etdi. Eriksenning 65-daqiqada kiritgan goli hisobni yirik körinişga olib kelgandi, biroq 80-daqiqada Ronaldu jamoasini yirik hisobdagi mağlubiyatdan qutqarib qoldi. 

Yana bir gollarga boy bölgan uçraşuv F guruhidan çiqişga asosiy da'vogarlar örtasida bölib ötdi. "Napoli" öz uyida "Mançester Siti"ga qarşi kuç sinaşdi. Uçraşuv 2:4 hisobida mehmonlar foydasiga hal böldi. 

Dastlab 21-daqiqada Insine mezbonlarni oldinga olib çiqqan bölsa, 34-daqiqada Otamendi hisobni tenglaştirdi. 48-daqiqada Stounz şaharliklarning 2-golini kiritdi. 62-daqiqada Jorjino penaltini aniq amalga oşirib, oradagi farqni yöqqa çiqardi. "Siti"ga ğalaba keltirgan gol 69-daqiqada Aguero tomonidan kiritildi, öyinning sönggi daqiqasida esa Sterling jamoasining ğalabasi işonçli bölişini ta'minladi. 

Kunning qolgan uçraşuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi: 

4-tur
Ye guruhi

Sevilya Ispaniya – Spartak Rossiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 30 Langle, 2:0 – 59 Banega, 2:1 – 78 Ze Luiş.
Sevilya – Riko, Ker, Eskudero, Merkado (Korşya, 83), Langle, Pisarro, Nzonzi, Sarabiya (Navas, 74), Banega (Kron-Deli, 77), Nolito, Ben-Yyedder.
Spartak – Selixov, Jikiya, Taşçi, Yeşçenko (Petkoviç, 79), Kombarov, Fernando, Gluşakov, Melgarexo (Ze Luiş, 72), Paşaliç (Popov, 57), Promes, Luis Adriano.
Ogohlantirişlar: Gluşakov (32), Taşçi (61), Jikiya (86), Ben-Yyedder (90).

Liverpul Angliya – Maribor Sloveniya 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 49 Saloh, 2:0 – 64 Jan, 3:0 – 90 Starrij.
Liverpul – Karius, Matip, Moreno, Aleksander-Arnold, Klavan, Oksleyd-Çemberlen, Milner, Firmino (Gruyiç, 85), Veynaldum (Xenderson, 17), Saloh (Starrij, 74), Jan.
Maribor – Xandanoviç, Rayçeviç, Şuler, Viler, Billong, Xotiç (Axmedi, 81), Pixler, Boxar (Bayde, 69), Kabxa, Milets, Meşanoviç (Tavares, 59).