Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Anqaraga rasmiy taşrifi Turkiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarida yangi sahifa oçdi, deb yozmoqda Kappadokiya Universiteti asosçisi va birinçi rektori, professor Hasan Ali Qorasor «Anadolu» naşrida.

Mutaxassislarning fikriça, uşbu tarixiy taşrif tufayli Turkiya va Özbekistonning mintaqaviy va xalqaro siyosatdagi örni kelgusi 10 yilda ösib boradi.

Turkiya bilan Özbekiston örtasidagi diplomatik aloqalar 25 yil oldin - 1992 yilda örnatilgan. Ötgan çorak asr mobaynida ikki davlat örtasidagi birodarlik munosabatlari vaqt sinovidan ötdi.

Ötgan yil davomida Turkiya va Özbekiston prezidentlarining qat'iy qadamlari tufayli ikki mamlakat örtasida yaqin hamkorlik izçil yölga qöyilmoqda. Mirziyoyev va Erdöğan 2016 yilning noyabrida Samarqandda, 2017 yil may oyida - Pekinda, 2017 yil sentabrida - Ostonada, keyin Nyu-Yorkda uçraşişgan. Bundan taşqari, yil davomida Turkiya va Özbekiston prezidentlari telefon orqali muloqotlar ötkazdilar, ikki davlat delegatsiyalari taşriflari davomida esa davlatlararo munosabatlarning kelajakdagi modellari muhokama qilindi.

Şu vaqt içida prezidentlarning topşiriğiga binoan taşqi işlar vazirlari, ikki mamlakat iqtisodiyot va mudofaa vazirlari örtasida uçraşuvlar, hukumatlararo komissiya majlislari, biznes-forumlar bölib ötdi.

Ötgan bir yil davomida ikki davlat örtasidagi munosabatlar Turkiya va Özbekiston boş vazirlari rahbarligida professional tarzda yölga qöyib borildi, Mirziyoyevning Anqaraga taşrifi esa bu zanjirning oxirgi halqasi böldi.

Özbekiston - Markaziy Osiyoning tarixiy, madaniy va iqtisodiy markazi, şuning uçun Turkiya va Özbekiston örtasidagi strategik hamkorlik Yevroosiyoda hamda butun dunyoda mintaqaviy rivojlaniş nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Yana bir muhim jihati şundaki, Özbekiston Turkiya orqali transport yönalişi yordamida Yevropa bilan aloqa örnatiş imkoniyatini qölga kiritadi. Şunday qilib, Özbekistonning dunyo okeaniga çiqiş yölagi yöqligi kabi fakt tösiq böla olmaydi. Tarixiy Turkiston şaharlari «Buyuk ipak yöli» xalqaro savdoning asosiy yönalişi bölgan davrda taraqqiy topgan edi. Zamonaviy dunyoda «Temir Ipak yöli» orqali mintaqa özining eski şuhratini qayta tiklaşi mumkin.