Oktyabr oyi oxirida Berlindagi Şarq-Yevropa va xalqaro tadqiqotlar markazida "Özbekiston: yangi Prezident boşqaruvi ostidagi bir yil" mavzuidagi brifing bölib ötdi. 

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti qoşidagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ekspertlari, şuningdek Germaniya TIV, K.Adenauer jamğarmasi, Ilm-fan va siyosat jamğarmasi va GFRning boşqa yetakçi akademik va tadqiqot doiralari vakillari iştirok etişdi.

Brifing davomida germaniyalik iştirokçilar 2017-2021 yillar uçun Harakatlar strategiyasining beş ustuvor yönalişi böyiça ötgan davr içida amalga oşirilgan işlar natijalari bilan taniştirildi. Xorijiy ekspertlarning ta'kidlaşiça, Germaniya Özbekistondagi joriy yangilaniş va modernizatsiya jarayonlarini diqqat bilan kuzatmoqda. Ularning baholariga köra, Berlin Prezident Şavkat Mirziyoyevning içki va taşqi siyosatdagi yangi strategik yönalişini qöllab-quvvatlaydi. 

Özbekiston Prezident Virtual qabulxonasining aholi bilan iş olib boriş tajribasining joriy qilinişi xorijiy mutaxassislarda katta qiziqiş uyğotdi. Ularning nuqtai nazariga köra, bu davlat va jamiyat örtasidagi töğridan-töğri aloqa örnatilişida "noyob tajriba" böldi. Ilm-fan va siyosat jamğarmasi ekspertlarining ta'kidlaşiça, "qisqa vaqt içida uşbu mexanizm orqali millionlab özbek fuqarolarining muammolari hal qilingani quvonarli holat". 

Şu bilan birga, germaniyalik ekspertlar Özbekiston Markaziy Osiyo va butun dunyoga oçiqlikni namoyiş etib, xalqaro hamjamiyatga "kuçli signal" berganini qayd etişdi. Bundan taşqari, ularning fikriça, Toşkentning bunday faol siyosati mintaqadagi mamlakatlararo munosabatlarga mutlaqo yangi dinamika berdi. 

Brifing qatnaşçilari fikriga köra, Harakatlar strategiyasining amalga oşirilişi nafaqat Özbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda "tarixiy özgarişlar"ga start berdi. Özbekistonning qöşni davlatlar bilan özaro munosabatlarining xarakteri va yönalişi mamlakatning jahon işbilarmon doiralari uçun iqtisodiy jozibadorligini oşirib, mintaqadagi siyosiy iqlimning sezilarli darajada yaxşilanişiga olib keldi.  Bunday tendensiya davlatlararo munosabatlarning çuqurlaşuvi va mintaqaviy hamkorlikning faollaşuvi tarafdori bölgan Germaniyada ijobiy qabul qilinişi şubhasiz.