Xitoyning Aerokoinot ilmi va texnikasi korporatsiyasi (CASC) amerikalik tadbirkor Ilon Maskning muvaffaqiyatlarini qaytarib, köp marotaba qöllanuvçi raketalar parvozlarini yölga qöymoqçi. Biroq xitoyliklar yaratadigan raketa konstruksiyasi Maskning kompaniyasi SpaceX’ning Falcon 9 raketasidan özgaça böladi.

Xitoyliklarning uşbu raketalari ilk parvozi 3 yildan keyinoq amalga oşiriladi. Bu haqda CASC vakili Çen Xongbo ma'lum qildi. 

China Daily naşrining yozişiça, koinot qurilmasi orbitaga katta oğirlikdagi yuklarni yetkazib, söngra Yerga qayta oladi va takroriy parvozlar uçun qöllanadi. CASC uşbu raketani yaratiş ustidagi işlar uçun bir neçta ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislarini jalb qildi. 

Xongboning ta'kidlaşiça, bölğusi raketani 20 martagaça qöllaş va har kuni uçiriş mumkin böladi. Bunda birinçi bosqiçlarda parvoz qiymati bugungi kundagi qiymatlarning beşdan birini, istiqbolda esa öndan birini taşkil qiladi.

CASC raketasi 300-500 km balandlikka kötarila oladi, Yerga qönişda esa qanotlardan foydalanadi. Öxşaş maqsadlarga qaramay, Xitoy qurilmasi Falcon 9’dan farq qiladi. Falcon’da birinçi va ikkinçi poğonalar oldinma-ketin örnatilgan. Xitoylik muhandislar esa bu poğonalarni parallel örnatişmoqçi va buning evaziga ikkala poğonani ham takroran işlatiş mumkin böladi. 

Bu orada SpaceX şaxsiy rekordlar örnatişda davom etmoqda. Kompaniya joriy yilning 10 oyi içida 16 ta, ya'ni ötgan yilga nisbatan 2 marta köproq parvozni amalga oşirdi. SpaceX, şuningdek, Rossiyani ortda qoldirib, sun'iy yöldoşlar uçiriş böyiça xalqaro bozorning katta qismini egallay oldi.