Eronning oliy yetakçisi oyatulloh Ali Xominaiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvda Tehron va Moskvaning hamkorligi "AQŞni yakkalaşini" aytdi. Bu haqda oyatullohning saytida ma'lum qilingan.

"Biz dollardan voz keçib hamda ikki tomonlama va köp tomonlama operatsiyalarda uning örnini milliy valyutalar bilan bosib, AQŞ sanksiyalarini qaytara olamiz va AQŞni yakkalay olamiz", deb aytgan oyatulloh Putin bilan uçraşuvda. Uning ta'kidlaşiça, Putin "kuçli şaxsdir".  

"Şu sababli Rossiya bilan superdavlatdan qat'iyatlik va tirişqoqlik talab etadigan katta harakatlar borasida hamkorlik qiliş va buni mantiqan amalga oşiriş mumkin", deb qöşimça qilgan Xominaiy.

Putin 1 noyabrda Tehronga taşrifi davomida Xominaiydan taşqari, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan ham uçraşgan. Uçraşuvlar davomida tomonlar energetikaga taalluqli bölgan kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilişgan.