Pokiston sobiq boş vaziri Navoz Şarif payşanba kuni sudda korrupsiyaga qarşi iş yuzasidan körsatma beriş maqsadida mamlakatga qaytib keldi, deb xabar bermoqda Dawn naşri.
Boş vazir Londondan Islomobodga qaytgan, u Angliya poytaxtida rafiqasi, onkologik xastalikdan davolanayotgan Begim Kulsum bilan birga bölgan. Pakistan International Airlines aviakompaniyasining bortida sobiq boş vazir bölgan samolyoti Benazir Bhutto nomidagi aeroportga soat 8.20lar atrofida qöngan. Siyosatçi öz tarafdorlari tomonidan kutib olindi. Keyinçalik payşanba kuni Şarif tarafdorlari oldida çiqiş qiladi, juma kuni esa öz işi böyiça navbatdagi sud majlisiga boradi.
Şu bilan birga, ötgan hafta sud majlisga kelmagani sababli sobiq boş vazirning hibsga olinişiga doir order berdi, biroq Pokiston ommaviy axborot vositalarining xabariga köra, unga faqat sudga çaqiriq qoğozini topşirişlari kutilmoqda.
Şarif va uning oilasiga nisbatan tergov 2016 yilda Mossack Fonseca firmasining «Panama töplami» deb ataluvçi hujjatlari e'lon qilinganidan söng boşlandi. Hujjatlarga köra, boş vazirning farzandlari offşor firmalarga egalik qilgan. Oliy sud komissiyasi qoşidagi maxsus tergov guruhi tomonidan ötkazilgan dastlabki suriştiruv joriy yilning yozida yakunlandi, 28 iyulda esa Oliy sud komissiya hisoboti asosida Navoz Şarifni hokimiyatdan çetlatdi hamda tergovda ismlari keltirilgan şaxslarga nisbatan jinoiy iş qözğatişga qaror qildi.













