Madridning «Real» klubi hujumçisi Kriştianu Ronalduning ta'kidlaşiça, jamoa bilan şartnomani uzaytiriş borasida rejalari yöq.
Portugaliya terma jamoasi futbolçisi bu haqda YeÇL guruh bosqiçi doirasida «Tottenhem Hotspur»ga qarşi mehmonda keçgan öyindan söng aytib ötdi. Zayniddin Zidan şogirdlari uşbu bellaşuvda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berişdi.
«Real» bilan şartnomam yana tört yil davom etadi, hamda men uni uzaytirişni xohlamayman. Özimni klubda juda yaxşi his qilmoqdaman. Jamoaga keladigan bölsak, heç narsa röy bermadi. Biz har doim bir xil darajada öynay olmaymiz. Özimiz istagandek harakat qila olmadik, biroq men yomon öynadik, deb hisoblamayman», - deya Ronalduning sözlarini keltiradi beIN Sports.

















