Manhettendagi terakt ijroçisi Sayfullo Soipov Nyu-York sudidagi dastlabki eşituvda özini garov evaziga ozod etişni söramagan. Associated Press agentligi tarqatgan xabarga köra, uşbu şaxs öz qilmişidan afsusda emas.
Kelib çiqişiga köra özbekistonlik bölgan, 1988 yilda Toşkent şahrida tuğilgan Sayfullo Soipov yölovçilarni bosib ötgaç, maşinasidan tuşib qoçayotganida qölga olingandi. Politsiya öqidan jarohatlangan terrorçi sudga qamoqxona-kreslosida olib kelingan. Ayblanuvçi özining aybsizligi böyiça bitta ham söz gapirmagan va sud jarayoni boşlanguniga qadar garov evaziga ozod etişlarini söramagan.
Advokat Devid Petten Soipovni sudda himoya qilişi kerak.
Ştatning janubiy okrugi prokuraturasi uşbu şaxs IŞIDni qöllab-quvvatlaşda ayblanayotganini ma'lum qilgandi. Agar u bu jinoyatda aybdor deb topilsa, uni qatl qilişadi yoki umrbod qamoq jazosiga mahkum etiladi.
Ayblovçi tomonning da'vosiga köra, Soipov terakt uçun 2 oy davomida tayyorlangan. U jinoyat vositasi bölgan pikapni 22 oktabr kuni ijaraga olgandi.












