Nyu York şahri rasmiylari ma’lum qilişiça, avtomatik qurol bilan qurollangan şaxs duşanba kuni Manhetten markazidagi osmonöpar binoda tört kişini otib öldirgan va keyin öz joniga qasd qilgan.
Otişma osmonöpar binoning vestibyul qismida, iş kunining eng tiğiz — keçki soatlarida boşlangan. Keyin, gumonlanuvçi lift orqali 33-qavatga – boşqaruv kompaniyasi joylaşgan ofisga kötarilib, yana öt oçgan. Komissar Tişning ma’lumotiga köra, u oxir-oqibat kökragiga öq uzib, joniga qasd qilgan.
Uşbu binoda Blackstone, KPMG kabi yirik moliyaviy kompaniyalar va Milliy Futbol Ligasi (NFL) ştab-kvartirasi joylaşgan.
Halok bölgan tört kişi orasida 36 yoşli Nyu York politsiya xodimi Didarul Islam ham bor. U AQŞga Bangladeşdan muhojir sifatida kelgan. Şahar meri Erik Adams uni «haqiqiy fidoyi qahramon» deb ta’rifladi.
Politsiya ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçi tomonidan öldirilgan boşqa uç jabrlanuvçi – ikki erkak va bir ayol bölib, ularning şaxsi hozirça oçiqlanmagan. Yana bir erkak oğir yaralangan holda kasalxonada.
Nyu York politsiyasiga köra, otişmani amalga oşirgan şaxsni Las Vegasdan bölgan 27 yoşli Şeyn Tamura bölgan. Uning ruhiy salomatligida muammolari bölgani hujjatlar bilan qayd etilgan.

Tamura yolğiz harakat qilgan va hozirça hodisa sabablari aniqlanmagan.
CNN manbalari xabar berişiça, otişma sodir etişda gumonlangan şaxsning muddati tugagan xususiy detektiv litsenziyasi bölgan.












