Nyu York politsiyasi çorşanba kuni şahar markazida Amerikadagi UnitedHealthcare tibbiy suğurta sohasidagi eng yirik xususiy kompaniya ijroçi direktori Brayan Tompsonni öldirişda gumonlanayotgan şaxsning yangi fotosuratini namoyiş etdi.

«Barça belgilariga köra, bu tasodifiy zöravonlik akti bölmagan, — deb xabar bergan şahar politsiya boşqarmasi. — Barçasi bu oldindan rejalaştirilgan, qasddan amalga oşirilgan hujum bölganini körsatmoqda».

Dastlabki tarqalgan fotosuratlarda gumonlanuvçining faqat közini köriş mumkin edi: yuzning pastki qismi niqob ostiga yaşiringan. Yangi tasvirda esa uning yuzi töliq oçilgan.

BBC xabariga köra, suratlarda aks etganning şaxsiga aniqlik kiritiş uçun yuzni taniş texnologiyasi qöllangan.

Nyu York şahri meri Erik Adams jurnalistlarni Tompsonning qotilligi böyiça tergov «barqaror sur’atda olib borilayotgani»ga işontirib, hatto tez orada ilk qölga olişlar ötkazilişiga va’da bergan.

Şaharda uçinçi kundirki keng kölamli qidiruv amaliyoti ötkazilmoqda. Politsiya gumondorning joylaşuvi haqidagi ma’lumot uçun 10 ming dollar miqdorida mukofot e’lon qilgan.

CBS News telekompaniyasi xabar berişiça, qotillik joyidan topilgan uçta gilzada marker bilan quyidagi sözlar ingliz tilida yozilgan: «rad et» (ingl. «deny»), «himoyalan» («defend») va «ağdar» («depose»).

Bu sözlar aynan nimani anglatişi haqida hozirça xabar qilinmagan. Ammo politsiya bu yozuvlar qotillik motivlari bilan qandaydir boğliq bölişi mumkinligini örganmoqda.

Qotillik qanday sodir etilgan?

50 yoşli Tompson çorşanba tongida Manhettendagi Hilton mehmonxonasi oldida öqotar quroldan ölimga olib keladigan darajada oğir jarohatlangan.