Nyu-Yorkda terakt sodir etgan Özbekiston fuqarosi Sayfullo Soipovga ayblovlar qöyildi, deb xabar bermoqda CNN.

Soipov IŞID terrorçilik taşkilotiga moddiy yordam taqdim etiş, zöravonlik hamda transport vositalariga zarar keltirişda ayblanmoqda.

Federal prokuratura tomonidan qöyilgan ayblovda körsatilişiça, Soipovga IŞID videoroliklari ta'sir körsatgan, u bu roliklarni doimiy tarzda körib kelgan. Uning telefonlaridan birida esa taxminan 90 ta video topilgan bölib, «ulardan aksariyati – IŞID bilan boğliq bölgan tarğibot».

Huquqni muhofaza qiliş idoralari ma'lumotlariga köra, Soipov teraktni taxminan bir yil muqaddam rejalaştira boşlagan, bunda yuk maşinasini işlatiş haqidagi qarorni esa ikki oy muqaddam qabul qilgan.