Rossiyaning «Tatneft» neft kompaniyasi delegatsiyasi Toşkent viloyatidagi «Angren» erkin iqtisodiy zonasiga taşrif buyurdi, deb yozadi UzDaily.uz.

«Tatneft» delegatsiyasining taşrifi «Angren» EIZ hududida investitsion loyihani amalga oşiriş imkoniyatlarini örganiş va hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qiliş maqsadida taşkil etildi.

Rossiya kompaniyasi neftkimyo işlab çiqariş sohasida investitsion loyihani amalga oşirişni rejalaştirmoqda.

Uçraşuv davomida Özbekiston tomoni «Angren» EIZ imkoniyatlari va şart-şaroitlarini, investorlar uçun taqdim etiladigan imtiyozlarni prezentatsiya qilgan.