10-12 noyabr kunlari Toşkentda yana bir nufuzli musobaqa - qöl jangi böyiça Osiyo oçiq çempionati bölib ötadi. Unda Osiyo qit'asi hamda jahonning 20ga yaqin mamlakatidan kelgan eng kuçli sportçilar bahs olib borişadi.

Janglar 17ta vazn toifasida (erkaklar 9ta, ayollar 8ta) ötkaziladi. 10-11 noyabr kunlarida saralaş bahslari ötkazilsa, final bellaşuvlari 12 noyabrga belgilangan.

Aynan mana şu çempionat doirasida 11 noyabr kuni oçiliş marosimidan söng Özbekistonning eng kuçli professional qöl jangi ustalari 70 kg vazn toifasida Iqboljon Xudoyqulov, 85kg.da Bekzod Nurmatov va 90 kg.da Muzaffar Rajabov özlarining reyting janglarini ötkazişadi.

Musobaqada Xalqaro qöl jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Astaxov, maşhur xalqaro promuoter Vladimir Xryunov va dunyoning maşhur qöl jangi ustalari rasmiy mehmon sifatida taşrif buyurişadi.