31 oktabr kuni Nyu-York şahrida 8 kişining ölimiga sababçi bölgan teraktni sodir etişda gumon qilingan şaxs özbekistonlik Sayfullo Soipov ekani tasdiqlandi. Bu haqda Jahon axborot agentligi xabar tarqatdi.
Xabarda aytilişiça, Sayfullo Soipov 1988 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 2005-2009 yillarda Toşkent Moliya institutida tahsil olib, keyinçalik iş faoliyatini poytaxtdagi «Sayohat» mehmonxonasida hisobçilikdan boşlagan.
«Özbekiston Respublikasi huquq-tartibot organlari bergan ma'lumotga köra, 2010 yil AQŞga «grin-karta» orqali viza olib, jönab ketgandi. Şu davrgaça biror terroristik guruh yoxud oqimlar ta'sirida bölgani aniqlanmagan. Ötgan yetti yil içida u Özbekistonga taşrif buyurmagan hamda yaqin qarindoşlari bilan uçraşmagan.
AQŞda bölgan paytidanoq Soipov Özbekistonning Nyu-York şahridagi konsullik idorasiga uçramagan, heç qanday rasmiy röyxatda qayd etilmagan.
Sayfullo ösib ulğaygan mahalla ahli u haqda iliq fikrlarni bildirdi: «heç qanday şubha uyğotuvçi iş bilan şuğullanmagan, qöşnilarga yaxşi muomala qilişi ta'kidlangan», deyiladi xabar matnida.


















