Ispaniya milliy sud palatasi sudyasi hozirda Belgiyada bölgan Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puçdemon va muxtoriyat jyeneralitetining qolgan maslahatçilarini hibsga olişga order berdi. Bu haqda La Vanguardia naşri xabar bermoqda.
Şuningdek, Kataloniya jyeneralitetining 8 nafar sobiq a'zosi, jumladan Puçdemonning örinbosari Oriol Junkeras hibsga olingan. Ular iş körib çiqilgunga hibsda qoladi.
Faqatgina mustaqillik e'lon qilinişi arafasida iste'foga çiqqan, tadbirkorlik işlari böyiça sobiq maslahatçi Santi Vila 50 ming yevro miqdorida garov puli evaziga ozodlikda qolişi mumkin.
Madriddagi milliy sud palatasida jyeneralitetning ba'zi a'zolari körsatmalar berganlar. Kataloniyaning sobiq 14 rahbaridan sudga 9 nafari kelgan. Puçdemon va yana 4 sobiq vazir sudga kelişdan boş tortişgan. Ular hozirda Bryusselda qolmoqdalar.
Puçdemondan taşqari sudga jyeneralitning sobiq soğliqni saqlaş maslahatçisi Toni Komin, madaniyat böyiça maslahatçi Luis Puç, qişloq xöjaligi böyiça sobiq maslahatçi Meriçel Serret va ta'lim böyiça sobiq maslahatçi Klara Ponsanti kelmaganlar. Komin va Serret körsatmalarni videoaloqa orqali berişni iltimos qilişgan.
Oliy sudga Kataloniya parlamenti spikeri Karme Forkadel va parlament prezidiumining 5 nafar sobiq a'zosi körsatmalar berişga kelişgan. Ular mustaqillik rezolyutsiyasini qöllab-quvvatlaşgan. Ularga nisbatan isyon kötariş va davlat mablağlarini suiste'mol qiliş ayblovlari qöyilmoqda. Isyonni taşkillaştiriş ayblovi uçun beriladigan maksimal jazo esa 30 yilni taşkil qiladi.












