Amerika Kongressida Rossiyaning AQŞdagi prezidentlik saylovlariga aralaşuvi yuzasidan ikkinçi eşituvlar bölib ötdi. Unda iştirok etgan Facebook vakillari Rossiya hukumati tomonidan moliyalaştirilgani ehtimol bölgan reklama roliklarini namoyiş qilişdi. Tadqiqotçilarning fikriça, Facebook va Instagram tarmoqlaridagi minglab akkauntlar Amerika saylovlariga doir reklamalarni xarid qilişgan hamda şu yöl bilan saylovga aralaşgan.
TJ sayti tadqiqotçilarning fikriça, amerikalik saylovçilarga ta'sir etişi mumkin bölgan reklamalar röyxatini tuzib çiqdi.
Qoratanlilar huquqi

Uşbu ijtimoiy reklamada politsiyaçilar bilan otişmada yoki qamoqda saqlanayotgan vaqtda halok bölgan uç nafar qoratanlining surati aks etgan. Ularning ölimi Black Lives Matter taşkilotining ommaviy norozilik namoyişlariga sabab böldi.
Reklama 2015 yil iyulida «Feysbuk»ka joylangan bölib, Jorjiya, Merilend, Missuri va Virjiniya ştatlarida istiqomat qiluvçi 18 yoşdan kattalarga möljallangan. Reklama 200 mingdan ortiq foydalanuvçi tasmasida paydo bölgan, uni 12 mingga yaqin foydalanuvçi yoqlagan. Reklamaga 915 dollar sarflangan.
Politsiyaçilarni öldiriş

Reklama suratida halok bölgan hamkasbiga hurmat bajo keltirayotgan politsiyaçilarni köriş mumkin. Unga berilgan izohda şarqiy Bostondagi otişma yodga olinadi. Öşanda ikki politsiyaçi va Black Lives Matter faoli halok bölgan edi. Reklama söngida Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonga «politsiyaçilarga qarşi zöravonliklar tarafdori» deb baho beriladi va Donald Tramp «politsiyaçilarni terrorçilardan muhofaza qila oladigan yagona inson» ekani aytiladi.
Reklama «Feysbuk»da 2016 yil oktabrda paydo böldi. U 3362 kişining tasmasida köringan, unga 761 kişi e'tibor qaratgan. Reklama qiymati 8,56 dollar.
Trampga qarşi mitinglar























