Toşkent şahrida taşkillaştirilgan MDH Hukumat rahbarlari Kengaşining navbatdagi yiğilişida Qirğiz Respublikasi Boş vaziri Sapar Isaqov "Qozoğiston hukumati Erkin savdo hududi şartnomasi hamda tranzit çegara ötkaziş imkoniyatlaridan foydalanib, qozoq-qirğiz çegarasida sun'iy tirbandlikni” yaratayotganini, oqibatda oddiy tadbirkorlar jabr körayotgani haqida gapirib ötgandi.
Öz örnida Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri Bakitjan Sagintayev ayblovlarga javob qaytardi.
"Bu notöğri fikr, deb hisoblayman va Qozoğiston Erkin savdo hududi şartnomasi talablaridan çiqmagan holda iş olib borayotganini bildiraman. Biz hamkorlik doirasida erişilgan kelişuvlarga tayanib, ayblovlarni asoslantirilişini sörayman. Biz bu haqda oçiq gapirmoqdamiz, şuningdek, javobni tez orada eşitamiz, deb öylayman”, deydi u.
Bundan taşqari, qozoq Boş vaziri öz nutqida çegara bojxona qismida kuçaytirilgan nazoratga izoh berib, "Erkin savdo hududi şartnomasini qöllab, veterinar, fitosanitar va bojxona nazorati” böyiça hamkorlikka qilişga tayyorligini bildirdi.


















