3 noyabr kuni Toşkent şahrida ötayotgan MDH hukumat raislari Kengaşining navbatdagi yiğilişida kun tartibidan örin olgan ayrim masalalar tor doirada muhokama etilib, kengaytirilgan tartibda ötayotgan yiğilişlarda hujjatlar imzolanişi davom etmoqda.
Unga köra, 18ta hujjat loyihasi tor doiradagi majlisda körib çiqilgan bölib, raqobat va monopoliyaga, şuningdek, xalqaro kartellarning taşkilotga a'zo davlat iqtisodiyotiga salbiy ta'sirini oldini oliş masalalari kengaytirilgan tartibda muhokamaga qöyildi. Şundan söng, Kengaş raisi, Rossiya Federatsiyasi Boş vaziri Dmitriy Medvedevning taşabbusi bilan hujjat loyihalarini imzolaş jarayoni boşlandi.

















