3 noyabr kuni Toşkent şahrida boşlangan MDH a'zo davlatlari Hukumat raislarining navbatdagi yiğilişida 18ta turli hujjat loyihalari muhokama etilişi kutilmoqda. Kun davomida tor va kengaytirilgan tartibda ötkazilişi rejalaştirilgan yiğilişlarda iqtisodiy hamkorlik masalalariga oid savollar körib çiqiladi. Şuningdek, yiğiliş söngida iştirokçilar kelgusi tadbirning ötkaziliş sanasi hamda joyini aniqlaşadi.

Bugungi yiğiliş davomida MDH Hukumat rahbarlarining xalqaro kartellarga qarşi samarali kuraş yölida kuçlarni birlaştiriş töğrisidagi bayonoti körib çiqiladi. Unda sof raqobat şaroitini buziş, a'zo davlatlar iqtisodiy rivojlanişiga raxna solib turgan xalqaro kartellar faoliyatiga baho berib, nomaqbul ösib borayotgan, tan olingan xalqaro konvensiya şartlarini buzib kelayotgan iqtisodiy faoliyat turiga xalq va davlat manfaatlari yuzasidan MDH a'zo davlatlaridagi vaziyatni yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar muhokama etiladi.

Şuningdek, 2011 yil 18 oktabrda qabul qilingan Erkin savdo hududi şartnomasida körsatilgan çora-tadbirlarning amaliyotga joriy etib borilişi va muvaqqat rejalari qayta körib çiqiladi. Bu örinda ötgan bir yil mobaynida a'zo davlatlar orasida ayrim turdagi import tovarlarga nisbatan bojxona soliği, özaro savdo aloqalarida antidemping va kompensatsion, maxsus himoya çoralari kamaytirilgani inobatga olinmoqda.

Taşkilotga a'zo davlat örtasida logistika va transport taşuvi sohasida hamkorlik va rivojlaniş bosqiçini yangi darajaga olib çiqiş şartlari körib çiqilmoqda. Bundan taşqari, Mustaqil davlat hamdöstligi makonidagi mamlakatlarning özaro hamkorlikda qurişi kutilayotgan suv inşootlar, meliorativ tizimlar muhokama etiladi hamda uning huquqiy asoslari örganiladi.