Hurmatli, Qonunçilik palatasi deputatlari​!

Uşbu oçiq xatda bir neçta OAV faoliyatiga oid, ya'ni muxbirni qiynab kelgan masalalar haqida söz yuritiladi. Şuningdek, uning yeçimi huquqiy jihatdan asoslantirişi uçun sizdan kömak söraymiz.

Mamlakatimiz rivojlanişning yangi bosqiçiga qadam qöyar ekan, özgariş va islohotlarni kuzatib borişning özi kişini şoşirib qöymoqda. Özbekiston va jahonda yuz bergan voqealarni xolis, tezkor va sifatli yoritib beriş mas'uliyati OAV vakillari oldiga katta vazifalarni qöygan bölsa, boşqa tarafdan jamoatçilik nazorati hamda ustuvor manfaatlarni tarğib etiş kabi masalalar jurnalistlar nazaridan çetda qolmayapti. Şunga qaramay, axborot makonida yuz berayotgan jarayonlarni yoritişda bir qança qonuniy qiyinçiliklarga duç keliş holatlari paydo bölgan.

Xususan, sud majlislarini yoritiş, aholining sud hokimiyatiga bölgan işonçini oşiriş borasida qilinayotgan sa'y-harakatlar ayrim hollarda samarasiz yakunlanmoqda. Bunga OAV muxbirining sudda audio va video texnikadan foydalanişi, oçiq sud majlisini özining majburiyatini anglagan holda keng jamoatçilikka yoritişda duç kelayotgan taqiqlarini eslaşning özi kifoya. Misol uçun, Kun.uz muxbiriga Fuqarolik işlari böyiça Mirobod tumanlararo sudining oçiq sud majlisini yoritişda sudya D.Zokirova tomonidan taqiq qöyilgani hamda texnika vositalaridan foydalanişga ruxsat berilmaganini keltiriş mumkin.

«Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi qonunning 6-moddasida şunday deyilgan:

«Prokuror, tergovçi yoki suriştiruvçining yozma ruxsatisiz suriştiruv yoki dastlabki tergov materiallarini e'lon qiliş, muayyan iş böyiça sud qarori çiqmasdan turib yoki sudning qarori qonuniy kuçga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qiliş yoxud sudga boşqaça yöl bilan ta'sir körsatiş taqiqlanadi».

Özbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida esa OAV muxbirining audio, video yoxud foto-texnikadan foydalanişiga oid heç qanday modda kiritilmagan. Bunday qoida Jinoyat va Xöjalik protsessual kodekslarida uçraydi. Ya'ni sudyaning roziligi bilan oçiq sud majlisida muxbir zarur texnikadan foydalanişi mumkinligi haqida uşbu kodekslarda maxsus norma belgilab qöyilgan.

Tahlil qilinsa, sudyaning qay uslub bilan taqiqni joriy etganini huquqiy jihatdan oqlaş qiyin keçadi, ammo jurnalistning maqsadi sud faoliyatini tanqid qiliş emas, balki OAV muxbirlari faoliyatini erkinlaştiriş yölida qadam taşlaşdir.

Şu vaziyatga monand, «Toşbozorsavdo» uyuşmasi binosiga kirişda (e'tibor qiling, yuqori davlat organi yoki valokatli idora haqida gap ketmayapti) audio, video va foto-texnikadan foydalaniş, ularni bino içiga olib kiriş taqiqlanişi körsatilgan belgi devorda osiğlik turadi. Bunda binoning qöriqlaş xizmati muxbirdan (hujjatlarini taqdim etişiga qaramay) zarur texnik vositalarini saqlaş xonasida qoldirişini söraydi, albatta.