Kataloniya hukumati rahbari lavozimidan çetlatilgan Karles Puçdemon öz maslahatçilarining Ispaniya hukumati tomondan hibsga olinişini “jiddiy xato” va “demokratiyaga hujum” deb atadi. U bu haqda Bryusselda aytib ötdi.
“Hukumatning qonuniy rahbari sifatida maslahatçilarning ozod etilişini talab qilaman, ularning turmaga jönatilişi – endi misli körilmagan qatağonlar şaroitida ötadigan saylovlarga qarşi aktdir”, deb aytgan Puçdemon. Uning aytişiça, kataloniyaliklar bunga zöravonliksiz javob berişlari kerak.
Bu orada Barselonadagi parlament binosi oldida siyosatçilarning ozod etilişini talab qilayotgan 50 ming kişi töplandi. Şunga öxşaş namoyiş şahar meriyasi oldida ötkazilgan va boşlangandan 2 soat ötib yakunlangan. Ammo Sant-Jaume maydoniga kelganlarning bir qismi meriya oldida çodirlar örnatişgan. Ularning devorlarga osgan plakatlariga köra, namoyişçilar siyosatçilar ozod etilmagunga qadar namoyişni davom ettirişmoqçi.
Avvalroq Ispaniya oliy sudi Kataloniya jyeneralitetining 8 a'zosini garov puli evaziga ozodlikka çiqiş huquqisiz hibsga oldi. Ularning barçasi isyon kötariş, isyon ötkazişga undaş va davlat mablağlarini suiste'mol qilişda ayblanmoqdalar. Ayblanuvçilar bu jinoyatlar uçun 30 yilga ozodlikdan mahrum etilişlari mumkin.

















