Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2 noyabr kuni MDH Hukumat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Respublikasi Boş vaziri Qohir Rasulzoda, Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri Bakitjan Sagintayev, Belarus Respublikasi Boş vaziri Andrey Kobyakov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi örinbosari Esenmurat Orazgeldiyev bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi.

Tojikiston Respublikasi Boş vaziri Qohir Rasulzoda bilan uçraşuvda konstruktiv va samarali hamkorlikni rivojlantirişdan ikki tomon ham manfaatdor ekani haqida söz yuritildi.

Davlatimiz rahbari Özbekiston bilan Tojikiston örtasidagi yaqin döstona munosabatlarni mustahkamlaşga qaratilgan aniq loyiha va dasturlarni amalga oşiriş uçun hukumatlararo komissiya salohiyatidan samarali foydalaniş muhimligini alohida ta'kidladi.

Foto: president.uz

Qozoğiston Boş vaziri Bakitjan Sagintayev bilan uçraşuvda oliy darajadagi özaro taşriflar çoğida erişilgan kelişuvlar va imzolangan hujjatlarni izçil amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.

Savdo, investitsiya, energetika, transport va boşqa ustuvor yönalişlardagi hamkorlikni rivojlantiriş muhimligi ta'kidlandi. Ikki davlat hududlari örtasidagi va işbilarmon doiralari darajasidagi faol aloqalarni davom ettirişga alohida e'tibor qaratildi.

Foto: president.uz

Belarus Boş vaziri Andrey Kobyakov bilan uçraşuvda Özbekiston–Belarus munosabatlari rivojidagi ijobiy sur'at mamnuniyat bilan qayd etildi.

Qisqa vaqt mobaynida maşinasozlik sohasi, agrosanoat majmuasi, oziq-ovqat, farmatsevtika va boşqa tarmoqlarda qöşma loyihalar amalga oşirildi.

Tomonlar hamkorlikning mavjud salmoqli salohiyatini, avvalambor, iqtisodiyotning real sektoridagi kooperatsiya imkoniyatlarini töla işga solişdan manfaatdor ekani qayd etildi.