Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti yetuk mutaxassis, pedagog öqituvçilari bilan maşhur. Texnika oliy öquv yurti şu kabi bilimgohlar örtasida aynan professor-öqituvçilar tarkibi bilan ajralib turadi.

Oliygohda 45 yildan buyon «Gruntlar mexanikasi, asos va poydevorlar» fanidan dars berib kelayotgan ana şunday fidoyi öqituvçilardan biri — dotsent Fayzullo Ikromovni nafaqat respublikamizda, öz vaqtida qöşni davlatlardan ham oliygohga kelib ta'lim olgan köpçilik mutaxassislar yaxşi taniydi. Pensiya yoşida bölişiga qaramasdan, öz kasbi ustasi bölgan dotsent hamon özbek va rus tillarida öqiydigan guruhlarga bab-baravar saboq berib kelmoqda. Domla institut miqyosida ötkazilgan «Oliy ta'lim muassasasining eng yaxşi pedagogi–2017» tanlovida faxrli birinçi örinni egallab, respublika bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritgan.

F.Ikromovni institut hovlisida uçratib qolganimda özini qiynayotgan bir çigal masala haqida gapirib qoldi. Keling, buyoğini domlaning tilidan bayon etsak.

Domla «oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining ba'zi bir rahbar xodimlari tomonidan röy-rost «qölingdan kelganini qil, har qanaqasiga bizning aytganimiz böladi», qabilida köp yiliik pedagogning qadr-qimmatini yerga urib, hujjatlarni soxtalaştirib, ğayriqonuniy qabul qilgan qarori»dan juda dilgir edi.

«Men oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ötkazib kelinayotgan «Eng yaxşi öqituvçi» respublika tanlovining «mutaxassislik böyiça eng yaxşi pedagog» nominatsiyasida iştirok etdim, — deb gap boşladi dotsent F.Ikromov. — Komissiya a'zolari TAQIning öquv işlar böyiça prorektori A.Mirisayev, vazirlik qoşidagi boş ilmiy metodik markaz xodimi I.Eşmamatov, SamDAQIning öquv işlari böyiça prorektori A.Rahimov va boşqalar oldida öz pedagogik konsepsiyam böyiça rus tilida çiqiş qildim.

Komissiya a'zolari tomonidan berilgan savollarga töliq javob berdim, işlab çiqqan konsepsiyaga komissiya tomonidan biror e'tiroz bölgani yöq. Faqat komissiya a'zolaridan biri «agar prezentatsiyangizni proyektor orqali namoyiş etib körsatganingizda yanada yaxşiroq bölardi», dedi.

Men esa videoproyektor orqali slaydlar yordamida ma'ruza qiladigan öqituvçining bilim saviyasi, pedagogik mahorati yuqori bölişiga şubha qilaman, deb javob berdim. Ya'ni, yaxşi bilim saviyasiga ega bölmagan öqituvçi videoslaydlar orqali ma'ruza matnini öqib berişi, talabalarga köçirtirişi, tayyor çizmalar va oldindan tayyorlab qöyilgan formulalarni körsatişi bilan çeklanişini aytdim.