AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Vetnamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammiti maydonlarida uçraşişi mumkin.

«Bu juda muhim safar. Biz Putin bilan uçraşişimiz mumkin... bu juda muhim. Ular bizga Şimoliy Koreya, Suriya böyiça yordam berişi mumkin. Biz Ukraina haqida ham gaplaşib olişimiz kerak», - deya aytib ötdi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi davlatlari rahbarlarining sammiti 6-11 noyabr kunlari Vetnamning Danang şahrida bölib ötadi.

Avvalroq, Oq uy rahbarining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Herbert Makmaster Putinning Tramp bilan uçraşuvi masalasi hozirça hal etilmaganini ma'lum qilgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham OTIH sammitida mamlakatlar rahbarlarining muzokaralari haqida aniq ma'lumot yöqligini aytgandi.

Bundan avval Tramp va Putin iyul oyida G20 sammiti doirasida Germaniyada uçraşişgandi.