AQŞ Milliy arxivlarida ma'lum qilinişiça, saytda joylaştirilgan hujjatlarning aksariyati (553 tasi) Markaziy razvedka boşqarmasiga taalluqlidir. Bundan taşqari, gap Kennedining öldirilişi tergovi bilan şuğullangan AQŞ kongressi vakillari palatasining maxsus qömitasi, Pentagon va adliya vazirligi materiallari haqida ketmoqda. Jumladan, bir qator hujjatlar Kennedining qotili deb ataluvçi Li Xarvi Osvaldning Sobiq ittifoqning Meksikadagi aloqalariga taalluqli.

Hozirgi hujjatlarning e'lon qilinişi uçinçi raqamlisidir. Iyul va oktabrda Kennedining öldirilişi bilan boğliq 6,5 mingga yaqin hujjat çop etilgan.

Ba'zilarning fikriça, FQB “Kennedi işi” bilan boğliq hujjatlarni e'lon qiliş orqali köplab soxta ma'lumotlarni tarqatişga urinmoqda.

Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallasda öldirilgan. Rasmiy versiyaga köra, uning qotili sobiq dengiz piyoda askari Li Xarvi Osvald bölgan.