«Almazbek Atamboyev talasliklar oldida keçirim söramaydi», — degan «24.kg» axborot agentligiga davlat rahbari devoni rahbari Almaz Usenov.

Agentlikning eslatib ötişiça, bölib ötgan mitinglarda Talas aholisi prezidentdan omma oldida keçirim söraşni talab qilib çiqqan. Biroq, Usenovning ta'kidlaşiça, bu vaziyatda Talas aholising özi uzr söraşi kerak.

«Miting qilayotganlarning xulq-atvori — qattiq taasuf keltirib çiqaruvçi, çidaş qiyin bölgan faktdir. 16 oktabr kuni bölib ötgan avvalgi mitingda asosan sportça gavdaga ega bölgan, mutlaqo madaniyatsiz yoş yigitlar qatnaşgan. Miting qilganlar Manasning ölimoldi sözlarini eşitişdan boş tortgani uçun uzr söraşlari kerak, strelkani ijodkor va iqtidorli kişilarga boy bölgan Talas aholisiga qatarmasliklari lozim. «Manas» eposi qirğiz xalqi uçun muqaddas. Musulmonlar uçun eng muqaddas narsa — Qur'on. Agar oblast imomi Qur'ondan suralar öqiganida mitingdagilar huştakboölik qilişganida, ularni öz dinini hurmat qilmaydigan, musulmonçilikdan çiqqan kişilar hisoblaşardi. Şunday emasmi?», — degan Almaz Usenov.

Uning fikriça, Almazbek Atamboyev miting qatnaşçilarining xatti-harakatlari xususida öz fikrini töğri bayon etgan. «Babanovçilar bundan töğri xulosa çiqarişlari kerak va munozara mavzusini boşqa yölga burib, xalqni junbuşga keltirmasliklari lozim. Ajdodlarimiz «Manas» dostonini sutkalab eşitişganlarini yodga oling. Manasning vatanida afsonafiy dostonni eşitişdan kimdir boş tortişi, unga qarşi huştakbozlik qilişi va sökinişi mumkinligini xayolga siğdirib böladimi?», — deya savol bergan Almaz Usenov.

Eslatib ötamiz, 29 oktabr kuni Talasda miting bölib ötdi. Uning qatnaşçilari davlat rahbari oblast aholisidan keçirim söraşi kerakligini talab qilib çiqişgan. Ularning fikriça, 18 oktabr kuni Bişkekda a'loçi talabalarga stipendiyalar taqdim etiş marosimida Atamboyev 16 oktabr kungi miting qatnaşçilarini adolatsiz ravişda tanqid qilgan. Öşanda prezidentlik saylovi yakunlaridan köngli tölmaganlar norozilik aksiyasiga çiqişgan edi.