30 oktabr kuni Toşkentdan «Özbekiston – Qirğiziston – Xitoy» yönalişi böyiça xalqaro avtokarvon yölga çiqqani xabar qilingan edi. «Toşkent – Andijon – Öş – Irkiştom – Qoşğar» avtomobil yölagining oçilişi mintaqa mamlakatlari örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytiriş, investitsiyalar, moliya, transport infratuzilmasini rivojlantiriş, Markaziy Osiyo böylab yuk taşiş hajmini, tranzit salohiyatini sezilarli oşirişga xizmat qilişi ta'kidlanmoqda.
Yangi avtomobil yöli Xitoy şimoli-ğarbiy hududlarini Qirğiziston orqali Özbekiston bilan boğlaydi. Ilk avtokarvon uşbu yöl uzra sinov qatnovini amalga oşirdi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
Toşkentdan yölga çiqqan avtokarvon Qirğizistonning Öş şahri postidan ötgaç, Qoşğardagi Irkiştom postini kesib ötdi, deyiladi lavhada.
9 ta yuk avtomobilidan iborat avtokarvon 950 kilometrlik sayohatni 1 noyabr kuni yakunlagan.

















