Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunçilik palatasi deputatlaridan iborat delegatsiya AQŞning "Open World” dasturi doirasida Vaşington şahriga taşrif buyurdi. Unda özbekistonlik qonun ijodkorlari AQŞ Kongressi va Senati a'zolari bilan uçraşuvlar ötkazdi. Bu haqda Kun.uz'ga deputat Rasul Quşerbayev ma'lum qilgan.
Uçraşuvlar davomida parlamentlararo munosabatlarni kuçaytiriş, özaro tajriba almaşinuv bilan birga tinçlik va barqarorlikka putur yetkazuvçi omillarga qarşi hamjihatlikda kuraş olib boriş zarurligi qayd etilgan.
"AQŞ senatori Rojyer Viker, kongressmenlar Eliot Enjyel, Frankis Runey, Jim Makgovern, Devid Prays, Riçard Hadson muloqotlar davomida kuni keça Nyu-York şahridagi terrorçilik harakatini, kelib çiqişi özbekistonlik şaxs amalga oşirganini, afsus bilan qayd etiş bilan birga, Özbekiston Prezidentining ta'ziyasi va amerikaliklarga qilgan murojaatini yuksak baholadi”, deydi Rasul Quşerbayev.
Uşbu mudhiş jinoyatning ildiziga yetib boriş va qarşi kuraşda Özbekistonning har doim kömakka tayyor ekanligi AQŞ uçun muhim ahamiyat kasb etişini ta'kidlangan. Buning uçun amerikalik qonun ijodkorlari öz minnatdorçiligini bildirdilar.
"Ularning fikriça birgina noqobil va allaqaçon davlatdan çiqib ketgan odam uçun Özbekiston javobgar emas, bunday işni har qanday boşqa şaxs ham qilişi mumkin edi. Uçraşuvlar davomida davlat va xalqlar aro özaro munosabatlarni rivojlantiriş qatorida şuningdek, AQŞ va Özbekiston parlamentlararo döstlik guruhlarini tuziş masalalari ham muhokama etildi. AQŞ kongressi vakillari Özbekistondagi islohotlarga xayrixoh ekanliklarini ma'lum qildilar”, deb qöşimça qilgan deputat.
















